Menu
logo logo logo

Futsis savollar – javoblar

ZAMBURUG‘LI KASALLIKNING OLDINI OLISH UCHUN MUAYYAN TAVSIYALAR MAVJUDMI?

Ha, bunday tavsiyalar bor. Bular:

  • paxtali ichki kiyimlarga ustuvorlik bering;
  • juda tor kiyimlarni kiymang;
  • xushbo‘ylantiruvchi moddalari bo‘lmagan sovunlardan foydalaning;
  • hayz vaqtida taglikni (prokladka) tez-tez almashtiring;
  • kundalik tagliklardan voz keching, ayniqsa xushbo‘ylantiruvchilari bo‘lgan;
  • o‘tirib ishlaydiganlar har soatda o‘rningizdan turib tanaffus qiling;

faol dam oling, sevimli mashg‘ulotlaringiz uchun vaqt ajrating, to‘yib uxlashga harakat qiling.

ZAMBURUG‘LI KASALLIKDA FUSYS® 150 MG № 1 NI QAY TARTIBDA QABUL QILISH LOZIM?

Qabul qilishdan avval yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing yoki shifokor bilan maslahatlashing. Zamburug‘li kasallikni davolash uchun Fusys® 150 mg № 1 preparati 1 ta tabletka dozasida bir marta qabul qilinadi, biroq zamburug‘li kasallik qaytalangan hollarda yoki surunkali zamburug‘li kasallikda preparatning individual dozasini tanlash uchun shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

JINSIY ALOQA DAVOMIDA HAM ZAMBURUG‘LI KASALLIKNI YUQTIRISH MUMKINLIGI TO‘G‘RIMI?

Keng tarqalgan fikrlardan farqli o‘laroq, zamburug‘li kasallik jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasallik emas. Statistikaga ko‘ra, qaytalanuvchi (surunkali) kandidozga chalingan ayollarning chamasi yarmi jinsiy hayot kechirmaydilar. Shuningdek, bu kasallikni organizmga tashqaridan tushadigan mikroorganizmlar keltirib chiqaradi degan fikrlar ham mavjud, biroq zamburug‘li kasallikning sababchisi bo‘lgan Candida zamburug‘lari hayotining birinchi kunlaridanoq sog‘lom inson organizmida mavjud bo‘lishi mumkin. Va nomaqbul omillar ta’sirida ular faol ko‘payadi va zamburug‘li kasallikning noxush belgilarini keltirib chiqaradi.

Erkaklar ham zamburug‘li kasallik bilan kasallanishi mumkinmi?

Candida zamburug‘lari alohida omillar sababli erkaklar organizmini ham zararlashi mumkin va bunda kandidozli balanopostit degan nomdagi kasallikni keltirib chiqaradi. Bu jinsiy olatning sunnat terisi va boshchasining yallig‘lanishi. Bunda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:

  • jinsiy olatning boshchasi va sunnat terisining achishishi va qichishishi;
  • jinsiy olat boshchasi va sunnat terisining qizarishi;
  • jinsiy olat boshchasida oq dog‘lar.

AYOLLARDAGI ZAMBURUG‘LI KASALLIK UCHUN QANDAY BELGILAR XOS?

Bular quyidagilardan iborat:

  • chot orasida achishish va qichishish;
  • qindan oq tvorogsimon ajralmalar;
  • qin va vulva sohasida qizarish va shishlar;
  • jinsiy yaqinlik va peshob chiqarishda og‘riqlardan shikoyatlar.