Menyu

Antibiotiklar qabul qilgandan keyin paydo bo‘ladigan zamburug‘li kasallik: profilaktika va davolash

Har bir inson hayotida kamida bir marta antibiotik qabul qilish zaruratiga duch kelgan. Har qanday preparat kabi ular ham nojo‘ya ta’sirni keltirib chiqaradi. Ko‘pincha antibakterial davolash ich kelishining buzilishi va zamburug‘li kasallik rivojlanishi bilan birga kechadi. Bu preparatlarning ta’siri bilan bog‘liq: antibiotiklar nafaqat kasallikni keltirib chiqargan patogen mikroorganizmlar, balki organizmning o‘z florasi (laktobakteriyalar) uchun ham halokatlidir. Laktobakteriyalar o‘rnini organizmda odatda doim juda oz miqdorda mavjud bo‘lgan patogen flora egallaydi.

Ko‘pincha antibiotiklar qabuli Candida turkumiga mansub zamburug‘larning ko‘payishi va o‘sishi bilan birga kechadi, chunki antibakterial preparatlar ularga ta’sir qilmaydi. Bunday holatni shifokorlar kandidoz yoki molochnitsa deb ataydilar.

Zamburug‘li kasallikni qanday aniqlash mumkin?

Antibiotiklar bilan davolash boshlanganidan bir necha kun o‘tgach, chidab bo‘lmas qichishish bilan birga ko‘p miqdorda oq, quyuq, tvorogsimon ajralmalar paydo bo‘ladi. Qin terisi va shilliq qavati qizaradi (giperemiya), mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunda ayol tashqi jinsiy a’zolar sohasida noxush hislarni, siydik chiqarish paytida noqulaylikni sezadi.

Shifokor-ginekolog shikoyatlar va ko‘rik asosidayoq kandidozdan shubhalanishi mumkin. Tashxis surtmani mikroskop ostida tekshirganda tasdiqlanadi – unda zamburug‘ iplari ko‘rinadi.

Zamburug‘li kasallikdan qanday qutilish mumkin?

Zamburug‘li kasallikni davolash uchun mahalliy va tizimli antimikotiklar — zamburug‘ni yo‘q qiluvchi preparatlar qo‘llaniladi.

Mahalliy davolash uchun shamchalar va krem ishlatiladi.

Mahalliy davolashning kamchiliklari:

  • davolash 3-10 kun davom etadi;
  • qo‘llash noqulay;
  • klinik samarasi sekin namoyon bo‘ladi.

Tizimli davo – ya’ni antimikotiklarni ichish – bu kamchiliklardan xoli. Shifokorlar koʼpincha peroral qabul uchun flukonazol (Fusys®) tabletkalarini tavsiya qiladi.

Fusys® preparatining afzalliklari:

  • qo‘llash qulay – o‘tkir molochnitsani davolash uchun Fusys® 150 mg preparatining atigi 1 tabletkasi bir marta qo‘llaniladi;
  • Fusys® preparatining so‘rilishi ovqatlanishga va kun vaqtiga bog‘liq emas – uni istalgan vaqtda qabul qilish mumkin;
  • preparat organizmga yaxshi singadi va tarqaladi – u zamburug‘larga nafaqat qinda, balki ichak, og‘iz bo‘shlig‘i va quloqda ham ta’sir ko‘rsatadi;
  • Fusys® preparati Candida avlodiga mansub zamburug‘larning deyarli barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi, unga nisbatan rezistentlik (chidamlik) juda kam rivojlanadi;
  • bemorlar uni “yaxshi ko‘taradi”.

Fusys® preparatining afzalliklari qatoriga uning hamyonbop narxi ham kiradi.

Flukonazolning nisbiy kamchiliklari sirasiga homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emasligini kiritish mumkin.

Antibiotiklar qabul qilganda zamburug‘li kasallikning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Zamburug‘li kasallik antibakterial terapiyaning majburiy hamrohi emas. Antibiotiklar qabul qilish vaqtida uning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar:

  • parhez tutish, ya’ni qovurilgan, dudlangan, sho‘r, ziravorlarga boy taomlarni iste’mol qilmaslik;
  • sut-qatiq mahsulotlari, ayniqsa, tabiiy yogurt iste’mol qilish;
  • gigiyenaga rioya qilish;
  • paxtali ichki kiyimdan foydalanish;
  • keng, bemalol kiyim kiyish;
  • spirtli ichimliklarni cheklash va chekishdan voz kechish.

Bu choralar har doim ham samara beravermaydi. Ba’zan barcha tavsiyalarga amal qilinganda ham molochnitsa paydo bo‘lishi mumkin.

Zamburug‘ga qarshi preparatlarni profilaktika maqsadida buyurish o‘rinlimi?

Bu savolning aniq javobi yo‘q. Amaliyotda, agar antibiotiklar bilan davolash kursi uzoq davom etsa yoki anamnezda qaytalanuvchi kandidoz bo‘lsa, shifokor flukonazol buyurishi mumkin.

Bunday bemorlarga profilaktika maqsadida antibiotiklarni qabul qilishning butun davri mobaynida haftasiga bir marta 150 mg dozadagi Fusys® preparatidan 1 tabletka buyuriladi.

 

Stress zamonaviy insonning doimiy hamrohiga aylanib qolgan. Har tomondan stressga qarshi kurash haqidagi reklamalar yog‘ilmoqda. Ammo stress – bu, ayni paytda, organizm uchun ijobiy turtki ham. To‘g‘ri, bu faqat ma’lum bir vaqtgacha, ya’ni yaxshi va yomon kechinmalar davomli tus olguniga qadar davom etadi. Shundan so‘ng distress – organizm faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan kecha...
Batafsil