Menyu

Stress zamburug‘li kasallik kelib chiqishining sababi sifatida

Stress zamonaviy insonning doimiy hamrohiga aylanib qolgan. Har tomondan stressga qarshi kurash haqidagi reklamalar yog‘ilmoqda. Ammo stress – bu, ayni paytda, organizm uchun ijobiy turtki ham. To‘g‘ri, bu faqat ma’lum bir vaqtgacha, ya’ni yaxshi va yomon kechinmalar davomli tus olguniga qadar davom etadi. Shundan so‘ng distress – organizm faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan kechadigan patologik jarayon rivojlanadi.

Organizmda qanday o‘zgarishlar ro'y beradi?

Stressga javoban buyrakusti bezlari po‘stlog‘ida noradrenalin va kortizol gormonlari ishlab chiqariladi. Ularning vazifasi – hayotiy faoliyat jarayonlarini faollashtirishdan iborat. Mushaklarni oziqlantirish uchun qonda qand miqdori ortadi.

Candida turkumiga mansub zamburug‘lar aynan shakar bilan oziqlanadi. Ular organizmda doim, lekin juda oz miqdorda mavjud bo‘ladi. “Oziq-ovqat” ning koʼpayishi bilan (rivojlanish va koʼpayish uchun qulay muhit paydo boʼlganda) zamburugʼlar soni ham koʼpayadi, bu esa kandidoz yoki molochnitsa rivojlanishi bilan namoyon boʼlishi mumkin.

Shuningdek, stress gormonlari immunitetni pasaytiradi, natijada organizm infeksiyalar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsata olmay qoladi, foydali va zararli mikroorganizmlar nisbatini nazorat qila olmaydi.

Stress paytida zambur'ug'li kasallik paydo bo‘lishiga yana nima yordam beradi?

Kuchli hissiy kechinmalar paytida ayollarda ovqatlanish odatlarining o‘zgarishi kuzatiladi. Ba’zilar o‘zlarini xursand qilish uchun tort, pirojniy kabilarni yeb, stressni “yengishga” urinadilar. Bu vazn ortishi, gormonal fonning o‘zgarishi va qondagi qand miqdorining ko‘tarilishi bilan birga kechadi.

Boshqalar esa umuman ovqat yeyishdan to‘xtab, ozib ketadilar. Natijada organizmga ozuqa moddalari, vitaminlar tushmaydi. Yog‘ to‘qimasi yetishmasligi esa jinsiy gormonlarning o‘zgarish jarayonini buzadi.

Har ikki holatda ham Candida turkumiga mansub zamburug‘larning haddan tashqari o‘sishi va molochnitsa belgilari namoyon bo‘lishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi.

Apatiya holati, uydan chiqishni istamaslik, o‘ziga qaramaslik jismoniy faollikning pasayishiga yoki butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Kichik tos a’zolarida qon dimlanishi foydali laktobakteriyalar uchun halokatli bo‘lsa, zamburug‘larning faol ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Stress paytida zamburug‘li kasallikdan qanday qutulish mumkin?

Stressli vaziyat mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda, uni hal qilish talab etiladi. Buning uchun psixolog yordami, odatlarni yoki ish joyini o‘zgartirish talab qolinishi mumkin.

Qichishish, qindan ajralmalar kelishi, ta’sirlanishning mavjudligi ayolni yanada asabiylashtiradi. Bunday holda, unga ginekolog maslahati yordam beradi.

Davolashning zamonaviy usuli – 1 tabletka Fusys® preparatini bir marta peroral qabul qilishdir.

Fusys® preparati (ta’sir etuvchi moddasi – flukonazol) zamburug‘li kasallikni davolashda eng maqbul tanlovdir, chunki:

  • qo‘llash qulay – davolash kursi uchun atigi 1 tabletka kifoya;
  • Candida turkumi zamburug‘lariga qarshi samarali;
  • o‘xshash preparatlarga nisbatan narxi hamyonbop;
  • barcha a’zo va to‘qimalarga yaxshi singiydi;
  • organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Har bir inson hayotida kamida bir marta antibiotik qabul qilish zaruratiga duch kelgan. Har qanday preparat kabi ular ham nojo‘ya ta’sirni keltirib chiqaradi. Ko‘pincha antibakterial davolash ich kelishining buzilishi va zamburug‘li kasallik rivojlanishi bilan birga kechadi. Bu preparatlarning ta’siri bilan bog‘liq: antibiotiklar nafaqat kasallikni keltirib chiqargan patogen mi...
Batafsil